Jiru qishda "Chelsi"dan ketmoqchi

  • 10.11.2020 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" forvardi Olive Jiru yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Football London nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sababli boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Boisi, Jiru Frantsiya terma jamoasi safida kelasi yil Evropa chempionatida ishtirok etishni xohlamoqda. Unga “Inter”dan qiziqish mavjud.

Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!