«Jizzakh women Cup-2019» turniri o‘z nihoyasiga etdi, kubok Qozog‘istonga ketdi

  • 23 mart, 2019, 00:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston ayollar OTJ Qozog‘istonning "Biik" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra 4ta uchrashuvda 3ta g‘alaba qozongan O‘zbekiton ayollar olimpiya terma jamoasi 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan Qozog‘istonning "Biik" jamoasi musobaqa oltin medallariga sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin "So‘g‘diyona-W" jamoasiga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Norsafarov shogirdlari shu yilning 1-9 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 olimpiada saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etishadi. Ular guruhda Vetnam, Iordaniya va Gonkong jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!