Jizzaxda 16-22 mart kunlari xalqaro turnir o‘tkaziladi
"So‘g‘diyona" klubi ayollar bosh murabbiyi Sherali Babakulov mavsum oldi tayorgarlik va mavsum oldi yig‘in tug‘risidagi o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- 7 yanvardan mavsumga tayorgarlikni boshladik. Jamoamizda bu yil katta o‘zgarishlar qildik, iqtidorli yoshlarni taklif qildik. Jumladan "Metallurg"dan Dadaboeva Xolida, Xabibullaeva Diyora, Ikromova Moxigul, AGMK jamoasidan Sharipova E’zoza "Sho‘rtan"dan Biskieva Kamola, "Buxoro" sharafini ximoya qilgan Mamanova Sabinani taklif qildik. Jamoamiz o‘tgan yilgi mavsumga nisbatan bu yil yanada yorqinroq va yuqoriroq natijalarni qulga kiritishga xarakat qilishadi. Raxbariyat tarafdan bizga vazifalar quyilgan, xamma sharoitlar yaratilgan. Shunga monand tarkibni xam mukammallashtirdik. Tayyorgarligimiz xam yaxshi ketmokda. Rejalarga keladigan bo‘lsak, 16-22 mart kunlari Jizzax shahrida ayollar kuniga bagishlangan viloyat hokimi kubogi Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bunda beshta jamoa ishtirok etadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, AGMK va "So‘g‘diyona" ayollar futbol jamoalari qatnashishadi. Shu o‘yinlar orqali aprel oyida boshlanadigan chempionatga tayyorgarlik ko‘ramiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar