
Jo Rogan: "Xabib istasa, Makgregorni o‘ldirishi mumkin edi"
57 yoshli amerikalik UFC sharhlovchisi Jo Rogan Xabib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor o‘rtasidagi jang(2018 yil, Las-Vegas)ni eslab o‘tdi.
"Xabib Konorni bemalol o‘ldirishi mumkin edi. Nurmagomedov Makgregorning bo‘ynini sindirmoqchi bo‘lgan. O‘sha paytda bo‘yinga bosim berib bo‘g‘uvchi usulni qo‘lladi, bu juda og‘ir va yoqimsiz texnika", — dedi Rogan o‘z podkastida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda Xabib to‘rtinchi raundda sabmishn evaziga g‘alaba qozongan.
Fikrlar