Joau Felish "Chelsi"dan nega ketganini tushuntirdi

  • 31.03.2026 15:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va "Atletiko"ning sobiq hujumchisi Joau Felish Londonning "Chelsi" klubidan Saudiyaning "An-Nasr" jamoasiga o'tish qarori sababini izohlab berdi.

Portugaliyalik futbolchiga ko'ra, u Londonda o'zini yaxshi his qilgan va klubdan norozi bo'lmagan, ammo asosiy maqsadi mundialga tayyor holda borish bo'lgan.

"Menga Londonda hammasi yoqardi, bu yaxshi top-klub. Lekin o'sha paytda ketishga qaror qildim, chunki jahon chempionati oldidan muntazam o'ynashni istardim. "Chelsi"da maydondagi vaqtim kam edi. Shuning uchun shunday tanlov qildim, chunki mundialga borish men uchun eng muhim narsa", — dedi futbolchining so'zlarini insayder Fabrizio Romano keltirdi.

Eslatib o'tamiz, yulduz hujumchi o'tgan yil yozida Saudiya klubi safiga qo'shilgan edi.

Joriy mavsumda Joau Felish 37 ta o'yinda ishtirok etib, 21 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!