Joau Neveshga Yevropa grandlaridan jiddiy qiziqish bor
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Joau Neves Evropaning bir qator top-klublari diqqat markaziga tushdi.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga Madriddning "Real Madrid", shuningdek, "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
Biroq portugaliyalik futbolchini Parijdan olib ketish oson bo‘lmaydi. Nevesning o‘zi jamoani tark etish istagida emas. Shuningdek, "Pari Sen-Jermen" uni faqat juda katta summa — taxminan 160 million yevro evazigagina qo‘yib yuborishi mumkin.
Yaqinda ommaviy axborot vositalarida Liga 1 grandi yosh yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekani haqida ham xabarlar tarqaldi.
Transfermarkt portali Joau Nevesning bozor qiymatini 110 million yevro deb baholamoqda. Futbolchining "Pari Sen-Jermen" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar