Jon Jons: " 2027 yil UFC da super chempion paydo bo‘ladi!"

  • 10.02.2026 00:39
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

MMA afsonasi Jon Jons o‘zining shogirdi va 2020 yildgi Olimpiya o‘yinlarining erkin kurash bo‘yicha chempioni Geybl Stivenson og‘ir vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.

"Geybl 2027 yilning boshida UFC kamari uchun kurash olib borishi mumkin. Bu yigit UFC bilan shartnoma imzolagandan so‘ng, uni hech narsa to‘xtata olmaydi. To‘g‘ri, "stoyka" – Stivensoning eng zaif jihatidir, biroq, kurash mahorati juda yuqori. Unda g‘alaba qozonish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bor", – deb UFC yulduzining so‘zlarini keltirdi "MMA Mania" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons o‘tgan yili MMAdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!