Jon Jons orzu qilgan uchta raqibi kimligini aytdi

  • 26 fevral, 2024, 19:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Og‘ir vazn(120,2 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons(27-1-1 N/C) jang qilmoqchi bo‘lgan raqiblarini ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatga promoushenning vaqtinchalik og‘ir vazndagi chempioni Tom Aspinall(14-3), shuningdek, ushbu vaznda promoushenning ikki sobiq chempioni Miochich(20-4) va Ngannu(17-3) kiradi.

“O‘ylashimcha, hozir muxlislar ko‘rishni xohlaydigan janglar ko‘p. Aspinall va Frensis Ngannu bilan bo‘lgan janglarim juda shov-shuvli bo‘ladi. Stipe bilan jangim esa eng sodiq muxlislar uchun sovg‘a !!! Ammo, xammasi qanday bo‘lishini bilmayman. Men dastlab, Stipe Miochich, keyin Tom Aspinall va Frensis Ngannu ustidan g‘alaba qozonmoqchiman", - dedi Jons PFL va Bellator ning ilk qo‘shma turniridan so‘ng bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!