
Jon Terri Chempionship klubini boshqarishi mumkin
Toni Pulis “Midlsbro”ni tark etgach, jamoa rahbariyati uning o‘rniga nomzodlar qidirishni boshladi.
Talksport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu lavozimni egallash uchun asosiy da’vogar sifatida “Chelsi”ning afsonaviy himoyachisi Jon Terri tilga olinmoqda. Ta’kidlash kerakki, Terri ayni damda “Aston Villa” klubida bosh murabbiyi Din Smitga yordamchi vazifasida faoliyat olib bormoqda
Ma’lumotlarga qaraganda 38 yoshli mutaxassis allaqachon “Midlsbro” rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, "Midlsbro" joriy mavsum Chempionshipda 7-o‘rinni egalladi.
Fikrlar