Jo‘rabek Karimov bir ozdan so‘ng kortga chiqadi

  • 1 oktabr, 2019, 13:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Qozog‘istonning Nursulton shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Chellenjar" turkumiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.
 
Kuni kecha musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Humoyun Sultonov g‘alaba qozonib ikkinchi davrada mezbon tennischi Dmitriy Popkoga qarshi o‘yin o‘tkazishi oydinlashgan edi.
 
Bugun turnirning ikkinchi davrasida Jo‘rabek Karimov rossiyalik Ivan Gaxovga qarshi kortga chiqadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:20 dan so‘ng boshlanishi rejalashtirilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda. Uning raqibi hamon aniqlanmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!