Jo‘rabek Karimov Qozog‘istonda chempion bo‘ldi

  • 29 sentabr, 2019, 11:50
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida qozog‘istonlik Beybit Jukaev bilan raqobatlashdi.
 
Jo‘rabekning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yin 7:5, 6:3 hisobida yakunlandi. Bu g‘alaba iste’dodli tennischimizga musobaqaning bosh sovrinini keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!