Jorjina Ronaldu qachon futboldan ketishini aytib qo‘ydi

  • 4 mart, 2024, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges “An-nasr” hujumchisi kelajagiga oid xabarni oshkor qildi.

Jorjina 39 hujumchi faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.

- Krishtianu balki yana bir yil o‘ynar. Shundan keyin hammasi tamom bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, ikki yil o‘ynashi mumkin. Hozir aniq aytolmayman, - dedi Jorjina Rodriges.

Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvaridan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilmoqda. Bu jamoa safida portugaliyalik yulduz jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 42 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga 3 ta golli pas uzatdi.

Ronalduning saudiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxtiyor Normatov
04/03/2024 18:35
Sharx qoldirish uchun erinmay ro'yxatdan o'tdim. Chunki bu saytga boshqa kirmasligimni yozmoqchi wdim. Chunki bitta mavzuni o'qimoqchi bo'lsangiz qidirib yurasiz. Bir joyda turmaydi. Biz bu saytga reklama ko'rish uchun emas yangilikni o'qish uchun kiramiz.
&
Ali .Sami
04/03/2024 21:36
Toʻgʻrisi. Reklama jonga tegdi. Oʻzini xurmat qilgan oʻquvchi boshqa reklamasiz saytini oʻqiyapti. Raqobatda yutqazib qoʻyasizlar. Besh qoldi baravar oʼgʻzlaringa tiqmanglar.