Jorjino: Agar Sarri "Yuventus"ni boshqarsa, "Napoli" muxlislari uni xiyonatda ayblashadi

  • 4 iyun, 2019, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjino o‘zini Londonga olib kelgan ustozi Mauritstsio Sarrining "Yuventus"ni boshqarishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

“U “Chelsi”da ajoyib ishladi. Uni doimiy tanqid qilishganiga qaramay biz APLda uchinchi bo‘ldik va Evropa ligasida g‘olib chiqdik.

“Napoli” muxlislari hamon Sarrini yaxshi ko‘rishadi. Shu bois agar u “Yuventus”ni boshqarsa, ular qattiq xafa bo‘lishadi. Chunki ular o‘z jamoalariga hamisha sodiqdirlar. Ular Sarrining bu harakatlarini xiyonatdek qabul qilishadi”, - deydi Jorjino.

Ma’lumot uchun, 60 yoshli italiyalik mutaxassis “Chelsi”ga 2018 yil aynan “Napoli”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!