Joshua Van: "Men Aleksandr Pantoja bilan yana jang qilmoqchiman"

  • 15.12.2025 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super engil vaznda UFC chempioni Joshua Van "UFC 323" turnirida Aleksandr Pantoja bilan jangdan keyingi tanqidlarga javob qaytardi.

"Avvaliga shunchaki g‘alabani nishonlayotgan edim, keyin Pantojaning yoniga borib: "Hey, do‘stim, jang shunday kechgani uchun uzr so‘rayman", dedim. Biroq ko‘pchilik o‘sha bahsdan so‘ng meni kamarga noloyiq, deb atab, tanqid qildi. Shu bois o‘z kuchimni isbotlash uchun Aleksandr bilan yana jang qilmoqchiman", - dedi myanmalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirilgan videoda.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 323" da Pantoja xay-kik zarbasini yo‘llagandan so‘ng qo‘liga noqulay tarzda yiqildi va tirsagi chiqib ketdi. Joshua raqibining jiddiy jarohat olganini anglab, unga zarba bermadi. Hakamlar esa Vanning qo‘lini baland ko‘tardi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!