Joze Mourino: Biz o‘z o‘yinimizni qildik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino APL 8-turidan o‘rin olgan «Liverpul» klubiga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlarini bayon qildi.

0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda «MYu» raqib darvozasi tomon bor yo‘g‘i bitta aniq zarba yo‘llagan edi.

«Raqib bugun o‘zini yaxshi tomondan namoyon qildi, ammo biz o‘z o‘yinimizni namoyish qildik. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilib, bir qancha vaziyatlarni yaratdik. 

Ikkinchi bo‘limda, Matich charchab qoldi, ammo uni almashtiradigan futbolchi menda yo‘q edi. Hujumlarimizga tezkorlikni qo‘shishga harakat qildim, biroq, oqibatda kuch yo‘qotib, maydon markazini raqibga topshirib qo‘ydik.

Ha, darvoza tomon bor yo‘g‘i bir marta aniq zarba yo‘llabmiz. Sizlarga tahlil qilish oson, ammo barchasi bundan murakkabroq. «Liverpul» o‘rta chizig‘i juda yaxshi o‘ynadi. Men o‘yin yo‘nalishini o‘zgartira olmadim. Bu durang - biz uchun ijobiy natijadir», - dedi Joze BBC Sport xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!