K Liga. Iskanderovning jamoasida ishlar yaxshi emas

  • 11 iyul, 2020, 17:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 11-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi safarda "Chonbuk Motors"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Iskanderov 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.

Shu tariqa, "Seongnam"ning chempionat doirasidagi g‘alabasiz seriyasi 7 uchrashuvga etdi. Jamoa so‘nggi bor 31 may kuni "Seul"ni mag‘lub etganidan buyon 5 mag‘lubiyat va ikki durang natija qayd etdi xolos.

K Liga. 11-tur

"Chonbuk Motors" - "Seongnam" 2:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!