K Liga. "O‘zbek derbisi"da g‘olib aniqlanmadi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 12-tur uchrashuvlari start oldi. Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Busan Ay Park" jamoasi o‘z maydonida Rustam Ashurmatov to‘p tepadigan "Gvangju" klubini qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Tursunov bugun zaxirada qolgan bo‘lsa, Ashurmatov odatdagidek maydonda 90 daqiqa davomida faol harakat qildi. Shu tariqa, "Busay Ay Park" hisobidagi ochkolar soni 15 taga etdi va jamoa 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 11 ochkosi bor "Gvanju" esa 8-pog‘onadan joy olgan.
K Liga. 12-tur
"Busan Ay Park" - "Gvangju" 0:0



Fikrlar