Kamerun terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi e’lon qilindi

  • 21 sentabr, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mutaxassis Toni Konseysau Kamerun terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda shaxsan mamlakat sport vaziri Nartsis Muel Kombi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kamerunliklarning so‘nggi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf bo‘lgan edi. Biroq, terma jamoa Afrika Millatlar kubogi 1/8 finalida Nigeriyaga yutqazib muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun gollandiyalik mutaxassis o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Ma’lumot uchun, Konseysau shu kungacha murabbiylik faoliyatida terma jamoalarni boshqarmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!