Kamil Gadjiev: "Konordan har bir dog‘istonlik so‘zlari uchun javob berishini so‘raydi"
Fight Nights Global promousheni rahbari Kamil Gadjiev sobiq UFC chempioni Konor MakGregorga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
"Konor endi haddidan oshmoqda. Ikki yil oldin, MakGregor shunchaki ajoyib edi. U hazillashardi, jang qilardi...
Men uning muxlisi edim. Keyin Konor ham sportchi ham inson sifatida yomon taassurot uyg‘ota boshladi. Agar, biz yuzma-yuz kelsak, undan Dog‘iston sha’niga aytgan so‘zlar uchun javob berishini so‘rar edim.
Men aytardim: “Konor, men Dog‘istondanman. "Endi sen Dog‘iston hamda biz haqimizda qanday fikrda ekanligingni aytib berish imkoniyatiga egasan.
U yo aytganini takrorlar va men keyin nima qilishim kerakligini o‘zida his qilardi. Yoki u qo‘pol hazillashib yuborgani uchun uzr so‘rardi. Unda Faqat ikkita yo‘l mavjud bo‘lardi.
Aminmanki, Konor bilan ko‘rishgan har bir dog‘istonliklar unga bu so‘zlari uchun javob berishlarini talab qiladi ", - dedi Gadjiev.
Avvalroq, irlandiyalik jangchi dog‘istonliklarni qo‘rqoqlikda ayblagandi.

Fikrlar