
Kamoliddan Tojiev: Bugun hamma o‘z darajasida o‘ynadi
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinidan so‘ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Kamoliddan Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bugun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Hamma o‘z darsjasida o‘ynadi. Birinchi taym o‘yinni nazorat qildik. Ikki taym biroz boshqacha kechdi. Futbolchilarga rahmat aytaman.
"Neftchi" bilan uchrashuvda ham hammasi yaxshi edi. Menimcha "Dinamo" bilan mag‘lubiyat biroz ta’sir qildi.
"Navbahor"ning muxlislari O‘zbekistondagi eng zo‘rlaridan. Bellashuv mezbon jamoa muxlislariga o‘yinimiz yoqqandir ularga shuning uchun olqushlashgandir.
Kuxarchikda jarohat bor shuning uchun u maydonga tushmayapti", - dedi Tojiev.
Fikrlar