
"Kamolot kubogi"ning Toshkent shahar bosqichi nihoyasiga etdi (foto)
Poytaxtimizning "Paxtakor" markaziy stadionida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan "Kamolot kubogi" ning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan an’anaviy turnir finalida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hamda poytaxt texnika universiteti jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Endi g‘olib jamoa respublika bosqichida Toshkent shahar nomidan ishtirok etadi.
Fotomuxbirimiz aynan final o‘yinida ob’ektivga muhrlagan kadrlarni tomosha qiling:
Fikrlar