
Kamondan otish. Toshkentda yirik musobaqa start oldi
Poytaxtimizda kamondan otish bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi.
Toshkentda yana bir xalqaro musobaqa start oldi. 17-19 may kunlari poytaxtimiz kamondan otish bo‘yicha III “Alpomish va Barchinoy” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi turnirda 8 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi. Musobaqa Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilmoqda.
Fikrlar