
Kamronbek Ortiqov ONE FCda jiddiy raqibni taslim etdi
Ayni daqiqalarda Tailandning Bankok shahrida ONE Lumpine turniri davom etmoqda. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu turnirda 59 kg vazn toifasida hamyurtimiz Kamron Ortiqov ham navbatdagi jangini o‘tkazdi.
U avstraliyalik Oume Mvambiga (6-1) qarshi oktagonga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan bahsda yurtdoshimiz raqibiga belbog‘li kurashning kuchini ko‘rsatib qo‘ydi va yakunda hakamlar tomonidan xaqli tarzda g‘alaba qozonganligi e’tirof etildi. Shu tariqa Kamronbek Ortiqov professional faoliyatidagi 2-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Albatta, ushbu g‘alabada uning murabbiyi Donyorbek Ro‘ziev hamda menejeri Ozodbek Pardaevning ham xissalari beqiyos. O‘z o‘rnida ularni ham muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Fikrlar