Kamronbek Ortiqov UFC ga o'tishga yaqin, faqat...
9 may kuni AQShning Los-Andjelas shahrida "Combat Global" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda taniqli MMAchimiz Kamronbek Ortiqov (7-2) ham ishtirok etib, meksikalik UFC jangchisi Jiani Vazkez(13-5-1)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Agar hamyurtimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, "Dana White Contender Series" turnirida qatnashib, UFC bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqida sportchimizning menejerlari xabar bermoqda.

Fikrlar