Kanada yoshlar terma jamoasi jahon chempioni

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShda yigirma yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

Musobaqaning finalida Shvetsiya va Kanada terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda kanadalik xokkeychilar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bronza medali uchun o‘tgan o‘yinda AQSh terma jamoasi Chexiya darvozasini 9 marotaba ishg‘ol etib, uch marotaba gol o‘tkazib yubordi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!