Kannavaro Kolumbiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 18.06.2026 10:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Afsuski, vakillarimiz birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bahsdan so‘ng "oq bo‘rilar" bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni o‘zgartirishga erishdik. Chap qanot orqali imkoniyatlar yaratdik va o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik.

Avvalambor, biz O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy tomondan namoyon etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga o‘yin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi o‘ynash, topsiz harakat qilish oson emas.

Umuman olganda, ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski yana gol o‘tkazib yubordik.

Biz bu stadionda o‘tgan ushbu o‘yinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy uchrashuv edi. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi o‘yindan ijobiy xulosalar chiqarishimiz mumkin. Albatta, xatolar bo‘ldi va ular ustida ishlaymiz.

Futbolchilarimdan g‘ururlanaman. Ular yaxshi o‘ynashdi. Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bunday stadionda, shuncha muxlislar qarshisida o‘ynash oson emas. Lekin bu sizga qo‘shimcha motivatsiya ham berishi mumkin",
— dedi murabbiy

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!