Kante "Chelsi" muxlisining to‘yiga bordi
«Chelsi» klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante “aristokratlar”ning ashaddiy ishqibozi hisoblangan Frenk Xalidning qizining to‘yiga tashrif buyurdi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra dastlab Kante “Chelsi”ning muhim o‘yinlari borligi va Frantsiya terma jamoasining o‘yinlariga yaqin qolgani sabab ushbu to‘yga borishni rad etgan. Biroq, jarohat olgach to‘yga borishga qaror qilgan. Marosimda ko‘pchilik u bilan suratga tushdi, xatto ayrimlar unga jamoasini almashtirish kerakligini maslahat berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Kante joriy yilning may oyida yuragini operatsiya qildirgan Frenk ismli muxlisni ham shifoxonaga ko‘rgani borgan edi.
Fikrlar