Kante "Liverpul"ga qarshi UEFA Superkubogida ishtirok etolmasligi mumkin

  • 13.08.2019 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi bahsida “aristokratlar”ga yordam berolmasligi mumkin.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi jarohat olgan va muhim bellashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“U oxirgi o‘yinda yana kichik jarohat oldi. Shu bois uning maydonga tushish yoki tushmasligini o‘yindan oldin baholaymiz”, - deydi jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Chelsi” o‘rtasidagi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!