Kante o‘rniga “Real”dan undan zo‘rini olib kelamiz

  • 16.02.2026 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Al-Ittihod” qishki transferlar davrida jamoa yetakchilaridan N’Golo Kanteni Turkiyaning “Fenerbahçe” klubiga sotib yuborgan edi.

Endi shayxlar fransiyalik yarim himoyachi o‘rniga uning hamyurti – “Real”da o‘ynab kelayotgan Eduardu Kamavinga uchun katta moliyaviy taklif tayyorlamoqda.

Bu haqida Mundo Deportivo va  365Scores kabi nufuzli manbalar ma’lumot tarqatdi.

Kamavinganing “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Biroq Saudiya Arabistoni Pro-ligasida odatda taklif qilinadigan katta moliyaviy shartlar nazariy jihatdan ispan klubini o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi mumkin.

Klub Kamavinga imzolash bo‘yicha harakatlarni yozgi transfer oynasida boshlashi kutilmoqda. Ilgari Kamavingaga “Liverpul” va “Arsenal” ham qiziqqani xabar qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!