Kante "Real"ga o‘tmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante faoliyatini "Real"da davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli frantsiyalik futbolchi mavsum yakunlangach “aristokratlar” safidan ketmoqchi va u o‘zini “qirollik klubi”da o‘tishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Kante “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar