Karate. Osiyo chempionatini 17 ta medal bilan yakunladik

CHERY AUTO

Ma’lum qilganimizdek, poytaxtimizda karate WKF bo‘yicha qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun sportchilarimiz jamoaviy yo‘nalishda medallar uchun kurash olib borishdi.

Tecno

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Malayziyaga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan bellashuvlarni boshlagan karatechilarimiz keyinchalik Kambodjadan 3:0 hisobida ustun kelishdi. Biroq chorak finalda Eronga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Shundan so‘ng bronza medali yo‘lida tatamiga chiqqan hamyurtlarimiz dastlab Turkmanistonni 3:0, hal qiluvchi bosqichda esa Saudiya Arabistonini 3:2 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Afsuski, birinchi bellashuvdayoq Eronga ro‘baro‘ kelgan qizlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur musobaqa yakunlandi. Ertangi dasturda kumite yo‘nalishida faqat final janglari bo‘lib o‘tadi. Hamyurtlarimiz o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida kechayotgan ushbu musobaqada jami 2 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!