Karatechilarimiz “KARATE1 PREMIER LEAGUE – LISBON 2021” turnirida ishtirok etadi
O‘zbekiston karate (WKF) terma jamoasi Portugaliyaga yo‘l oldi. Sababi, karatechilarimiz 30 aprel – 2 may kunlari Lissabon shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Premer-liga musobaqasida ishtirok etadi.
Ushbu nufuzli turnirda Sadriddin Saymatov (-60 kg), Doston Otabolaev (-75 kg), Bahriniso Babaeva (-50 kg) va Sevinch Rahimova (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Aynan ushbu musobaqa iyun oyida Parij shahri mezbonligi ostida tashkil etiluvchi "Tokio-2020" Olimpiadasiga yo‘llanma taqdim etuvchi turnir uchun so‘ngi tayyorgarlik bosqichini o‘tab beradi.
Mazkur musoyubaqalarda vakillarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!



Fikrlar