Karolin Voznyatski: Mariya Sharapovaga o‘xshashni istamayman
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski 2016 yili rossiyalik Mariya Sharapova qonida aniqlangan doping moddasi sabab 15 oyga tennisdan chetlatilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Biz sportchilar qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz. Biroq bu ishlar doimo to‘g‘ri bo‘lib chiqavermaydi. Shu sababli ham ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Hechkim Mariya tushgan holatga tushishni istamaydi", - deydi K.Voznyatski.
Eslatib o‘tamiz, Karolina Xitoyda o‘tayotgan "Premera" turkumidagi musobaqada chorak finalga chiqdi.

Fikrlar