Karolin Voznyatski yana jarohat oldi
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski Madridda boshlangan "Premier Mandatory" turkumiga kiruvchi musobaqaning birinchi davrasida omadsizlikka uchradi.
U dastlabki bosqichda frantsiyalik Alize Korne bilan raqobatlashayotgan edi. O‘yindagi hisob 0:3 bo‘lib turgan bir vaziyatla Karolin belidan jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmasiligi haqida e’lon qildi.
Shu tariqa "Mutua Madrid Open" turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Korne, endi xitoylik Chjen Saysayga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar