Karrager Arbelоa bilan maydondagi tortishuvni esladi
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager yaqinida "Real"ni boshqargan Alvaro Arbelоa bilan o‘yin paytida yuzaga kelgan tortishuvni yodga oldi.
Arbelоa "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007–2009 yillar orasida "Liverpul" safida to‘p surgan, keyin esa Madrid klubiga qaytgan.
2009 yili "Liverpul"ning "Vest Bromvich"ga qarshi (2:0) uchrashuvida ispaniyalik va angliyalik futbolchilar o‘rtasida maydonda tortishuv yuzaga kelgan. Ular bir-birini turtib yuborgan, vaziyatga Xabi Alonso aralashib, ikkalisini ajratib qo‘ygan. Voqeadan keyin Karrager va Arbelоa qo‘l siqishgan.
"Biz mavsumda eng ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘lish uchun albatta gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonishimiz kerak edi.
Arbelоa yaxshi futbolchi edi — buyuk emas, lekin yaxshi. Ammo u o‘zini buyuk deb o‘ylay boshladi. Shuning uchun uni biroz joyiga qo‘yishimga to‘g‘ri keldi.
Alvaro haddan tashqari ko‘p hujumga o‘tdi, himoyalanishni istamadi. Aslida esa uning vazifasi himoya qilish va gol o‘tkazmasdan o‘yin o‘tkazish edi.
O‘sha o‘yinda biz "Vest Bromvich"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdik va Pepe Reyna mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida “Oltin qo‘lqop”ni qo‘lga kiritdi", — dedi Karrager "CBS Sports" efirida.
Fikrlar