Karrager: "Tottenxem"ning APLda qolishiga ishonch yo‘q"

  • 13.04.2026 11:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Tottenxem"ning Angliya Premier-ligasida jon saqlab qolishiga shubha bilan qaramoqda.

Ayni paytda "shporlar" jadvalning 18-pog'onasini egalab turibdi va xavfsiz hududdan ikki ochko ortda qolmoqda.

Karragerning fikricha, jamoaning hozirgi o'yini bilan elita divizionda qolib ketishi juda qiyin.

"Bunga ishonish qiyin. Ko'rinishidan, "Tottenxem" haqiqatdan ham quyi ligaga tushib ketadi. Jon saqlash uchun kurashayotgan boshqa jamoalarda kamida qandaydir ustunlik bor.

Ta'qvimga qarasangiz, "Tottenxem" uchun qulay o'yindek tuyuladi. Ammo ular juda yomon. Hozirgi "Tottenxem" barcha uchun qulay raqibga aylangan.

"Vulverxempton" oxirgi o'rinda ketmoqda. Rostdan ham "Tottenxem" g'alaba qozonadi, deb o'ylaysizmi? Bunga deyarli imkoniyat yo'q", — dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!