
Karvaxal Mbappening "Real"ga o‘tishiga ishonadimi?
Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxal PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Mbappe ajoyib futbolchi, uning nomi ko‘p yillardan buyon jamoamizda yangramoqda. Uning shartnomasi yaqinda tugaydiganga o‘xshaydi. Menimcha, u kelajakda bizning jamoa libosini kiyadi shekilli.
Lekin hozir u PSJda o‘ynaydi va ular bizning raqibimiz (Chempionlar ligasining 1/8 finalida). Shunday ekan, yagona fikr unga qarshi maydonda yaxshi o‘ynash. Agar men o‘ynasam va u ham maydonda bo‘lsa, biz bir qanotda birlashamiz", - dedi Karvaxal.
Oldinroq “Barselona”ning sobiq prezidenti Joan Gaspar frantsiyalik futbolchi allaqachon “Real” bilan shartnoma tuzib bo‘lgani haqida gapirgan edi.
Fikrlar