“Kasalini yashirgan – o‘ladi!”: O‘zbekiston U-17 g‘alabasiga Qozog‘istondan qattiq munosabat bo‘ldi

  • 22 aprel, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol jamoatchiligi Saudiya Arabistonida o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan hal qiluvchi final uchrashuvini hamon muhokama qilmoqda.

Tecno

Bu nufuzli turnir yosh futbolchilarimizning matonati, jasorati va qahramonligi tom ma’noda namoyon bo‘lgan musobaqa sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

Musobaqaning guruh bellashuvlarida yosh murabbiy – Islom Ismoilov shogirdlari yuz foizlik natija qayd etdi. Iste’dodli futbolchilarimiz Tailandni 4:1, Xitoyni 2:1, Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, pley-offga yo‘l oldi.

Final yo‘lida hamyurtlarimiz Birlashgan Arab Amirliklaridan 3:1 va Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan 3:0 hisobida ustun kelib, finalga chiqdi.

Hal qiluvchi bellashuvda terma jamoamizga mezbonlar ikkinchi marotaba ro‘baro‘ keldi. Guruh bsoqichidagi o‘yin bilan hal qiluvchi bellashuvning yo‘rig‘i boshqa-boshqa.

Saudiyaliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida bosh sovrinni o‘zlarida olib qolishga harakat qildi.Bu bahsning birinchi bo‘limi biz uchun o‘ta muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Tanaffusgacha Nurbek Sarsenbaev va Miraziz Abdukarimov qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildi.

Islom Ismoilov shogirdlari ikki o‘yinchi kam bo‘lib harakat qilganiga qaramay, bellashuvning ikkinchi qismida saudiyaliklarni dog‘da qoldirdi. 51-daqiqada Muhammad Hakimov penaltini aniq bajargan bo‘lsa, 70-daqiqada Sadriddin Hasanov individual texnikasini namoyish qilib, raqib futbolchilarini ortda qoldirdi va gol urib, yakuniy hisobni ta’minladi – 2:0.

Murakkab, asabiy, muhim uchrashuvning yakuni maroqli bo‘ldi. O‘zbekiston U-17 jamoasi noyabr oyida bo‘ladigan jahon chempionatiga Osiyo chempioni sifatida yo‘l oladi.

Bu g‘alabaga turli mamlakatlar, xususan qo‘shni Qozog‘istondan ham munosabatlar bo‘lmoqda.

Qozog‘iston terma jamoasi matbuot xizmati rahbari Ermuhammad Maulen qozoq futboli kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirib, O‘zbekiston yoshlarining g‘alabasiga alohida e’tibor qaratdi.

- O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman. Ular finalda Saudiya Arabistonini engdi. 

Ertaga mana shu futbolchilar yanada o‘sadi, sizlar bu o‘yinchilarni qimmat narxga transfer qilasizlar va ularga katta maosh to‘laysizlar. Bu yinitlar “Astana”da o‘ynar, “Ordabasi”ga kelar.

Sizlar O‘zbekiston futboli qanday rivojlanayotganini ko‘ryapsizlarmiz?   

Biz buni chin dildan tan olishimiz kerak. Qozoqlarda “Kasalini yashirgan – o‘ladi!” degan naql bor.

Hozir biz ana shu kasalni yashiryapmiz. Samak Smakov bu haqda gapirdi, demak biz ham buni gapirishimiz kerak, boshqa murabbiylar ham jim turmasligi kerak, - dedi Ermuhammad Maulen.

Ta’kidlash joizki, Saudiya Arabistonidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, futbolchilarimiz bir necha individual sovrinlarga ham ega bo‘ldi.

Xususan, chempionatda o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ygan Asilbek Aliev “Eng yaxshi to‘purar”, Ne’matulloh Rustamjonov “Eng yaxshi darvozabon” hamda Sadriddin Hasanov “Eng yaxshi o‘yinchi” sifatida e’tirof etildi.

Tezkor: “Manchester Siti” Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi!

Endi Husanovga yanada qiyin bo‘ladi!
Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!
Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!
O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
22/04/2025 13:14
Йигитларга омадлар тилаймиз. Илохим Жахон чемпионат хам галабалар билан хурсанд килишсин. Омин