
Kassano: "Gyuler va Yamal – bir darajadagi futbolchilar"
Antonio Kassano Arda Gyuler va Lamin Yamalni zamonaviy futbolning ikki yosh fenomeni sifatida ta’rifladi.
"Gyuler Yamal bilan teng – bu erda na "lekin", na "agar" bor. Lamingina 17 yoshda, u – fenomen. Arda Anchelottida ko‘p o‘ynamayapti, chunki u jamoada barcha o‘zini erkin his qilishini xohlaydi.
Biroq, Arda ham Yamal kabi fenomen. Keyingi 15 yil davomida bu ikkisi futbol olamini larzaga soladi.
Gyulerni istalgan pozitsiyada qo‘llash mumkin. U har narsani qila oladi, hatto Di Mariya kabi hujumkor yarim himoyachi sifatida ham. Uning texnik mahorati ham, individual xususiyatlari ham yuqori.
Umid qilamanki, "Real"ning keyingi murabbiyi (Anchelotti emas) uni muntazam ravishda maydonga tushiradi" – dedi sobiq "Real" hujumchisi Kassano "Viva el Futbol" efirida.
Fikrlar