Kataloniyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
“Chelsi” himoyachisi Mark Kukurelya Kataloniyada "yilning eng yaxshi futbolchisi", deb topildi. Taqdirlash marosimida unga “Barselona”ga qaytishi haqida savollar berildi. Ispaniyalik buni istisno qilmadi.
“Agar kelajakda “Barselona”ga o‘tish imkoni bo‘lsa, bu ajoyib bo‘lardi. Bu erga etib kelish oson bo‘lgani yo‘q. Doimo ishlashda davom etdim va bu yil kutgan sovrinni qo‘lga kiritdim”, - dedi Kukurelya.
Mark “La Masiya” sobiq tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 24 yoshli futbolchi yozda “Brayton”dan “Chelsi”ga 65 million evro evaziga kelib qo‘shildi.
Fikrlar