
Katanets boshchiligidagi termamiz qatorasiga 7 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Eng yaxshi natija Babayanda!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi halqaro o‘rtoqlik o‘yinida Kamerun ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Srechko Katanets boshchiligidagi "oq-bo‘rilar" qatorasiga 7-o‘yinda g‘alaba qozondi. Faqat Rustam Akramov va Samvel Babayanning g‘alabali seriyasi bundan uzoqroq bo‘lgan – 8 ta o‘yin.
Vakillarimiz so‘ngi bor 2021 yil Gruziya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Termamiz 27 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar