
Katanetsning o‘rnini kim egallashi ma’lum
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyiiga aylandi. Mutaxassis bu lavozimda vaqtincha ish olib boradi va Qatardagi yig‘inni o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik mutaxassis boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 42 ta o‘yin o‘tkazdib, 26 ta bahsda g‘alaba qozondi, 8 ta durang hamda 8 marotaba mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar