Kavani bu jamoada o‘ynamaydi!

  • 4 fevral, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano “Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan “River Pleyt”ga o‘tmasligi haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar rasmiy darajaga etib bormagan. Bu urugvaylik tajribali hujumchi mavsum oxirigacha Manchesterda qolishga qaror qilgani bilan bog‘liq.  

Kavani kelajagi haqida may oyida bir to‘xtamga kelishi aytilmoqda. Mohir to‘purar o‘z kunicha Ispaniya chempionatida sinab ko‘rmoqchi.

Edinson faoliyati davomida o‘z yurtida “Danubio” klubi sharafini himoya qilgan. Evropaga kelganidan keyin “Palermo”, “Napoli”, PSJ tarkibida to‘p tepgan. “Manchester Yunayted”da 2020 yilning yozidan beri o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!