
Kavani o‘rningni bo‘shat!
“Manchester Yunayted” yozda urugvaylik hujumchi Edinson Kavani bilan xayralashadi. Aniqrog‘i, urugvaylik to‘purar klub bilan bitimni yangilamaydi.
Manchesterliklar hujum chizig‘idagi bo‘shliqni “Everton” hujumchisi Risharlison bilan to‘ldirmoqchi.
Yozda “Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini yangilashi talab etiladi. Ijaraga jo‘natilgan Antoni Marsyal ortga qaytmoqchi emas. Markus Reshford klubdan norozi va ketish payida yuribdi. Kavanining ketishi aniq. Ronaldu ham jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, klubni tark etishini ma’lum qilgan.
Shuning uchun ham manchesterliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
2018 yildan beri “Everton”da o‘ynayotgan Risharlisonning o‘zi ham kuchliroq klubga o‘tish imkonini qo‘ldan boy bermaydi. U joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuvda atigi to‘rtta gol urdi va uchta golli pas berdi.
Fikrlar