Kavani PSJga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi? Sulsher bu savolga "konkret" javob berdi

  • 20.10.2020 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

“Biz Kavanining PSJga qarshi o‘yinda ishtirok etishini xohlagan edik, ammo u uzoq muddat maydonga tushmadi. U sport formasini tiklab olishi uchun shug‘ullanishda davom etishi kerak, deb hisoblaymiz. Hozir u to‘liq tayyor emas”, - dedi MYu bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher.

PSJ – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!