
Kavaniga sobiq jamoasidan ajoyib taklif bo‘lmoqda
"Napoli" klubi rahbariyati PSJda to‘p surayotgan hujumchi Edinson Kavanini yana jamoaga qaytarmoqchi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, neapolliklar 33 yoshli urugvaylik futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 7 mln evro maosh taklif qilmoqda. Bundan tashqari, u shartnomaga qo‘l qo‘ygani uchun yana 7 mln evro bonus olishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Kavanining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “Napoli”ga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.
Edinson Kavani uchun “Napoli” begona emas. U 2010-2013 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Fikrlar