Kazemiro Varanning vaziyatiga: Tanaffusda takroriy lavhani ko‘rgach, penalti bor ekanligiga shubham qolmadi
"Real" yarim himoyachisi Kazemiro La Liga 10-turining qoldirilgan "Barselona" (0:0) ga qarshi bellashuv borasida fikr bildirdi.
"Maydonda ekanligimda, biroz shubham bor edi. Ammo, tanaffus paytida takroriy lavhani ko‘rdim va Varanga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan ekan. Bu penalti edi.
Biz e’tiroz bildirganimizda xakam vaziyatni o‘rganish uchun takrorliy lavhani ko‘rishi kerak edi. 11 metrlik jarima zarbasi bormidi yoki yo‘q, aniqlik kiritishi kerak edi.
Umuman olganda, menga VAR yoqmaydi. Futbol ko‘cha uslubidagi xatolari, janjallari va kelishmovchiliklari bilan qiziqarli," - dedi Kazemiro.
Fikrlar