
Kecha Armaniston etakchisiga yutqazgan "Dinamo" bugun "Lokomotiv" (Moskva) bilan o‘ynaydi
Samarqandning "Dinamo" klubi BAAdagi ikkinchi yig‘in doirasida dastlabki o‘yinini Armaniston chempionati etakchilaridan biri "Urartu"ga qarshi o‘tkazdi.
Sharjada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqada Mirjahon Mirahmadov Qodirqulovning pasini golga aylantirdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limda murabbiylar shtabi asosan yosh o‘yinchilar bilan harakat qilgan samarqandliklar darvozasiga raqiblar tomonidan yana ikki marta yo‘l topildi – 1:3.
O‘rtoqlik o‘yini. Sharja
"Dinamo" - "Urartu" - 1:3
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 30 – Raqib 15, 68, 80.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Jahongir O‘rozov, Oleksandr Kucherenko, Ulug‘bek Abdullaev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Duglas Maykon, Ratino, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Anvarjon Hojimirzaev, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: E.Nemanov, S.Mustafoev, J.Jumaboev, V.Oqbo‘taev, Oybek O‘rmonjonov, M.Ibrohimov, X.Xalilov, F.Abdurahmonov, B.Nasimov.
Vadim Abramov jamoasi bugun Dubayda Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar