Kecha nazorat uchrashuvida maydonga tushgan "Navbahor" bugun ham o‘yin o‘tkazdi

  • 13 fevral, 2022, 17:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun Armanistonning “Alashkert” (Erevan) klubiga qarshi nazorat-sinov o‘yini tashkil etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu bahsda hisobni “lochinlar” ochishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan hujumchi Andrey Sidorov sherigi Ehsoni Panshanbe burchakdan uzatib bergan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Uchrashuv aynan "lochinlar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Xabaringiz bor, “Navbahor” 12 fevral kuni Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasiga qarshi o‘yin (1:0) o‘tkazgandi, shu bois, bugun murabbiylar shtabi kechagi uchrashuvda maydonga tushmaganlar va nisbatan kamroq daqiqa mobaynida to‘p tepganlarni maydonga tushirib, ularning holatlarini yana bir bor ko‘zdan kechirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Nazorat-sinov o‘yini
“Navbahor” – “Alashkert” (Erevan) – 1:0
Gol: Andrey Sidorov.
“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Xurshidbek Muxtorov, Bobur Mo‘ydinov, Abbos G‘ulomov, Hojiakbar Yunusov, Sardor Telyakov, Jamshid Boltaboev, Asad Sobirjonov, Islom Kenjaboev, Ehsoni Panshanbe, Ibrohim G‘anixonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muzaffar Mo‘minov, Andrey Sidorov.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” mazkur yig‘in doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini 16 fevral kuni Rossiyaning “Ximki” klubiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!