Kei Nishikori Meksikada Denis Shapovalovga qarshilik ko‘rsata olmadi
Meksikada "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turniri qiziqarli uchrashuvlarga boy o‘tmoqda.
Musobaqaning birinchi davrasida yaponiyalik Kei Nishikori va kanadalik Denis Shapovalov o‘zaro to‘qnash keldi. Uch set davom etgan o‘yinda Kei dastlabki setda tay-brekda zafar quchdi. Biroq u qolgan setlarda 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Denis "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining ikkinchi davrasida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar